Img
July 8, 2025

Jizzax politexnika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqalari o‘tkazildi

2025-yil 8-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni o‘tkazilgan “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar” mavzusidagi videoselektor yig‘ilishda berilgan topshiriqlar, shuningdek, 2025-yil 23-mayda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasining 36-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur musobaqalar stritbol, arqon tortish va kamondan o‘q otish kabi sport turlari bo‘yicha o‘tkazildi. Ushbu sport turlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki qadimiy an’analarni yoshlar orasida targ‘ib etish, jamoaviylik, iroda va bardosh kabi fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3