Img
July 9, 2025

Talaba-yoshlarga “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish qilindi

Jizzax politexnika instituti talaba-yoshlariga “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish qilindi.

Joriy yilning 8-iyul kuni institutda tahsil oluvchi talaba-yoshlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2025-yil 15-may kuni “Maktab ta’limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlari hamda 2025-yil 23-maydagi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida oliy ta’lim talabalarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish 36-son bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbek xalqining ulug‘ ma’rifatchisi, jadid harakati namoyandasi, siyosiy arbob va jurnalist – Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti hamda faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish qilindi.

Tadbirda institut rahbariyati, bo‘limlar boshliqlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, faol talabalar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. Namoyish etilgan film orqali ishtirokchilar Behbudiyning boy hayot yo‘li, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, mustamlakachilikka qarshi kurashi, matbuot va sahna san’ati rivojiga qo‘shgan hissasi haqida keng tasavvurga ega bo‘lishdi.

Film namoyishidan so‘ng institutning ijtimoiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbat va fikr-mulohazalar almashinuvi tashkil etildi. Unda Behbudiyning xalqimiz ma’naviy uyg‘onishidagi o‘rni, uning “Tarjimon”, “Osiyo” kabi gazeta-jurnallarni tashkil etgani, teatr sahnasida ilk milliy dramani sahnalashtirganligi, hamda zamonaviy ta’limga qo‘shgan hissasi yuksak e’tirof etildi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar bunday tarixiy shaxslarning ibratli hayoti orqali Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va tarixiy xotirani qadrlash kabi tuyg‘ularni mustahkamlash zarurligini ta’kidlab o‘tishdi.

Mazkur tadbir Jizzax politexnika institutida yosh avlodning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirish, ularni tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi amaliy ishlardan yana biri bo‘ldi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3