🔷 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida 2025-yil 3–9-iyul kunlari “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sunʼiy intellekt” mavzusida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
✔️ Mazkur malaka oshirish dasturi doirasida mamlakatimizdagi 100 dan ortiq oliy taʼlim tashkilotlarining axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etmoqda. 3-5-iyul kunlari malaka oshirish kursining ilk mashg‘ulotlari bo'lib o'tdi.
👩🎓 Unda Jizzax politexnika instituti axborot xizmati vakili Sardor Otamurodov ham ishtirok etib, malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.
⚜️ Malaka oshirish kursi davomida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga nazariy bilimlar bilan birga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘nikmalar ham o‘rgatildi:
- PR sohasida sunʼiy intellektdan foydalanish imkoniyatlari;
- Prompt engineering asoslari;
- Axborot va taʼlim beruvchi hamda koʻngilochar kontentlar orqali PR faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- Inqiroz holatlarida jamoatchilik va manfaatdor tomonlar bilan samarali aloqa o‘rnatish;
- Axborotni tanqidiy tahlil qilish, fakt va manbalarni tekshirish bo‘yicha ilg‘or ko‘nikmalarni shakllantirish.
✔️ Malaka oshirish kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.