Jizzax poltexnika institutida viloyatimizda biznes sohasida o‘z faoliyatini olib borayotgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion treningi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy bankining Jizzax filiali yuridik bo‘lim boshlig‘i D.To‘ychiyev, “Bonu shirinliklari” MChJ Moliya iqtisod bo‘limi boshlig‘i Y.Ortiqov, “Bahor shop” MChJ bosh hisobchisi U.Abdusalomov, “Monand mebel” bosh hisobchisi G.Mamatova, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Iqtisodiyot va menejment kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Ushbu motivatsion seminar-treningda biznes vakillari o‘z tajribalari, tadbirkorlik bilan samarali shug‘ullanish va marketingda muvaffaqiyatga erishishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida talabalarga qimmatli tavsiyalarini, mahorat saboqlarini ulashdilar.
Shuningdek, yurtimizda amalga oshirilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasidagi islohotlarga to‘xtaldilar. Motivatsion trening tadbirkorlik sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlar ishtirokida qizg‘in va ko‘tarinki ruhda kechdi.