Img
July 23, 2025

Abdulla Avloniy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi

Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda boshqa tegishli tashkilotlar tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Talaba kino kunlari” doirasida talaba-yoshlar uchun taniqli ma’rifatparvar, pedagog, yozuvchi hamda jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi.

Film namoyishida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Film badiiy jihatdan boy, tarixiy manba va faktlarga asoslangan bo‘lib, talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tomosha qilindi.

Jizzax politexnika institutida o‘tkazilgan mazkur tadbir nafaqat ma’naviy-ma’rifiy, balki ilmiy-tarixiy ahamiyatga ham ega bo‘ldi. Film nafaqat badiiy asar, balki kuchli tarbiyaviy va intellektual vosita sifatida xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, mazkur hujjatli film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga tashrifi va kinoijodkorlar bilan uchrashuvi davomida bergan topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan bo‘lib, kinokartina “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi, yetuk ma’rifatparvar olim, dramaturg hamda jamoat arbobi Abdulla Avloniy hayoti va ijodiga bag‘ishlangan.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3