Img
July 24, 2025

Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar uchun kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 3-ilovasiga muvofiq Oliy taʼlim muassasalariga ko‘zi ojiz abituriyentlarni o‘qishga qabul qilish tartibiga ko‘ra, Jizzax politexnika institutiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

Ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi abituriyentlar 2025-2026-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida 3 ta majburiy va 2 ta asosiy fanlardan imtihon topshirdilar.

Imtihon jarayonlarida shaffoflik ta’minlandi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3