Img
July 24, 2025

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusi vazifalar belgilab olindi

Jizzax politexnika instituti konferensiyalar zalida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi vazifalar ijrosi yuzasidan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Sh.Madaminov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, dekan o‘rinbosarlari hamda ish faoliyatidagi tyutorlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi.

Xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin kamchiliklar tahlil qilindi va mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3