Mazkur tadbir Erasmus+ DEBSEUz loyihasi – “O‘zbekistonda quyosh energiyasi bo‘yicha bakalavrlar uchun maqsadli ta’lim dasturini ishlab chiqish” doirasida tashkil etilib, “O‘zbekiston uchun quyosh energiyasi: ta’lim, innovatsiya va sanoat” mavzusiga bag‘ishlandi.
Seminarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi, “O‘zenergoinspeksiya”, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, shuningdek O‘zbekiston va Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbirda ACWA Power, Masdar, Mir Solar kabi yirik kompaniyalar vakillari ham qatnashib, quyosh energetikasi sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar va sanoat bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda.
Mazkur seminarda Jizzax politexnika institutidan loyiha koordinatori Temur Berdiyorov va loyiha ishtirokchilari “Energetika va elektr texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Muhiddin Anarboyev hamda Bahodir Narimanovlar ishtirok etishmoqda.