Kafedra

Transport vositalari muhandisligi kafedrasi mudiri

PhD, dotsent Suvanqulov Sherali Abdumannanovich

Qabul vaqti:dushanba-juma (soat 14:00 dan 16:00 gacha)

Telefon:+998933035504

E-mail: sherali.suvanqulov@gmail.com


   Kafedra tarixi:
Kafedra 1993-yilda "Avtomobillar va avtomobil xo'jaliklari" nomi bilan tashkil qilindi va kafedra mudiri t.f.n. dotsent Tursunboy Abduazizov rahbarligida kafedra tarkibi shakllantirildi, o'quv jarayonini tashkil qilish borasida zarur bo'lgan o'quv-uslubiy ta'minot va shart-sharoitlar yaratildi. "O'zbekiston yoshlari" davlat mukofotining laureati, dotsent T.Abduazizov tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar, 10 dan ortiq uslubiy qo'llanma tayyorlab chop etildi. 1998-1999 yillarda O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi akademiyasining akademigi t.f.d. professor Nosir Rashidovich Rashidov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritgan davrda ilmiy potensialni yuksaltirishga asosiy e'tibor qaratildi. O'zbekistonda ta'lim tizimining yangi yo'nalishlari joriy qilinganligi munosabati bilan, akademik N.Rashidov tashabbusida kafedra bakalavrlar tayyorlashga ixtisoslashtirildi, hamda uning nomi «Transport vositalarini ishlatish» deb o'zgartirildi. 2003-2008-yillar davomida kafedraga Jizzax Politexnika institutining professori, t.f.n. Xamraqulov Omonboy Xamraqulovich rahbarlik qildi. Qisqa fursat ichida kafedraning ilmiy-pedagogik tarkibi o'rganib chiqilib, kafedra salohiyatini oshirish borasida ish olib borildi. Kafedra bazasida "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" ilmiy-texnik laboratoriyasi ish boshladi. 2008-2013-yillarda kafedraga p.f.n.dotsent Usmonov Salahdin Aliqulovich rahbarlik qildi. dots. S.Usmonov rahbarligida xalqaro va ilmiy grantlar CD_JEP-26123-2005 «CAD/CAE/CAM sistemalari bo'yicha muhandislik magistratura programmasini yaratish» (umumiy summasi 430810 yevro) va OT-F-6-004 «Avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan ishlatilgan gazlarning atrof-muhitga tarqalish qonuniyatini va ularning atmosfera havo balansiga ta'sirini asoslash» (Umumiy summasi 21000000 so'm) loyihalari bajarildi. Kafedraga 2013-yildan 2019-yilgacha t.f.n.dotsent Adilov Oqbuta Karimovich rahbarlik qildi. Kafedra bakalavrlar va magistrlar tayyorlashga ixtisoslashtirildi hamda uning nomi «Yer usti transport tizimlari» deb o'zgartirildi. 2019-yildan 2023-yilgacha kafedraga p.f.f.d. dotsent Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovich rahbarlik qildi. 2020-yilda "Transport vositalari muhandisligi" deb o'zgartirildi. 2019-2023 yillarda kafedrada 10 ta darslik va 15 ta o'quv qo'llanma chop etildi. 2023-yildan kafedraga t.f.f.d. (PhD) Ernazarov Aziz Aliboyevich mudirlik qilib kelmoqda. Ushbu davrda kafedradan Karimova Kamola G'ulomovna va Ernazarov Aziz Aliboyevichlar doktorlik dissertatsiyasini (PhD) himoya qildi. 2024-yilning sentyabr oyidan kafedraga Suvanqulov Sherali Abdumannonovich mudirlik qilib kelmoqda. Ushbu qisqa davrda magistraturada o'qitish jarayoni "BYD Factory Uzbekistan" MChJ qo'shma korxonasi bazasida dual ta'lim shaklida tashkil etildi. 1996-yildan boshlab to hozirgacha avtomobil transport ekspluatatsiyasi muhandisligi bo'yicha 10000 ga yaqin, servis sohasi bo'yicha 300 nafar mutaxassislar tayyorlandi. Ular orasida viloyat, tuman va shahar hokimiyatlarida, ichki ishlar organlarida va avtotransport korxonalarda turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar ko'pchilikni tashkil etadi. Kafedrada 60712400 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) bakalavr yo'nalishi, 70712301 Mashinasozlik texnologiyasi, 70711401 Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti) va 70711402 Avtomobillar va avtomobil xo'jaligi magistratura mutaxassisligi bo'yicha talabalar tahsil olishmoqda, talabalarga 35 nafar kafedra professor - o'qituvchilari dars mashg'ulotlarini olib borishmoqda.
   Bakalavr yo'nalishlari:
60712400 - Avtomobilsozlik va traktorsozlik
60712500 - Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
   Magistratura mutaxassisligi:
70712301 Mashinasozlik texnologiyasi
70711401 Transport vositalari muhandisligi (avtomobil transporti)
70711402 Avtomobillar va avtomobil xo'jaligi