Kafedra

Komputer va dasturiy injiniring kafedrasi mudiri

Eshonqulov Sherzod Ummatovich

Qabul vaqti: haftaning Seshanba, Payshanba va Shanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon:+998936502283

E-mail: sh.eshonqulov995@gmail.com


  Komputer va dasturiy injiniring kafedrasi tarixi
Kafedra 1992 yilda “Informatika” kafedrasi nomi bilan “Oliy matematika” kafedrasi bazasida tashkil etilgan. t.f.n. dotsent Abdumannop Abdukarimov kafedrada dastlab rahbarlik qilgan. Hozirgi vaqtda kafedrada quyidagi professor o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra mudiri – Eshonqulov Sh.U., Professorlar - Turopov U.O’., Qo’ziyev B.N., Jabborov K.G., dotsentlar – Tavboyev S.A., Axmedov J.J., Qarshiboyev N.A., katta o’qituvchilar – Hasanov U.J, Guliyev A., Ibragimov Z.Z., Iskandarova Z.A., assistentlar – Burliyev A.U., Ibragimova N.A., Tovboyev I.I., Xuramova F.U., Xolbekov U.Z., Ne`matov A.L., kafedra lobaranti – Yakubova M.E. Kafedrada 2024 yil mart oyida “Oliy ta’limni raqamlashtirish muhitida innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar-2024” xalqaro konferensiya o’tkazildi. Bu konferensiyada Rossiya, Germaniya, Qozog’iston, Hindiston, Norvegiya, Tojikiston kabi davlatlarning bir gurux professor o’qituvchilari va olimlari ishtirok etishdi. Kafedrada jami 1 dona laboratoriya xonasi, 4 dona kompyuter xonasi, 1 dona 60 o’ringa mo’ljallangan ma`ruza xonasi mavjud. Kafedra zamonaviy kompyuterlar va elektron doska bilan jihozlangan bo’lib, xalqaro axborot tarmog’i – Internetga ulangan. Har bir o’quv mashg’uloti elektron darsliklar asosida, hamda masofaviy o’qitish uslublaridan foydalanilgan holda zamonaviy kompyuter texnologiyalari asosida olib borilmoqda. Kafedramiz xalqaro aloqalari ancha yaxshi yo’lga qo’yilgan bo’lib, Rossiyaning Qozon davlat universiteti, Moskva davlat qurilish universiteti, Moskva energetika universitetining Smolenskiy filiali, Hindistonning Sambhram universiteti, Janubiy Koreaning INHA universiteti, Norvegiyaning Energiya texnologiya instituti, Qozog’istonning M.Avezov nomidagi Shimoliy Qozog’iston tadqiqotlar universiteti bilan xalqaro aloqalar o’rnatilgan bo’lib, o’zaro tajribalar almashinib kelinmoqda. –60711400 – "Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish" ta'lim yo'nalishi mavjud.
  Yangi 2024-2025 yil uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
2024-2025 o'quv yilida kafedraning professor-o'qituvchilari Ege University, Faculty of Science Department of Mathematics professor-o'qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirishni yo'lga qo'ymoqchi. – kafedra ilmiy salohiyatini 50% ga yetkazish yo'llarini izlash; -mustaqil tadqiqotchilar dissertatsiyalarining bajarilish ahvoli haqida fakul`tetlar ilmiy kengash yig'ilishlarida atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish; – kafedrada davlat grantlari, korxona va tashkilotlar buyurtmasi (shartnoma) asosida tegishli ixtisoslik va mutaxassisliklar bo'yicha mutaxassis ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo'yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishga ko'maklashish; -kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilayotgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishda tatbiq etish masalalarini amalga oshirish; -kafedrada xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman o'tkazish; iqtidorli talabalar va yosh olimlarni turli xil anjuman va tanlovlarda faol ishtirok etishini ta'minlash; -Kafedraga qarashli guruhlarning iqtidorli talabalari bilan professor-o'qituvchilar muntazam ishlash, ilmiy-amaliy yordam ko'rsatish. Kafedrada o'tiladigan fanlar bo'yicha ilg'or pedogogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. O'quv yili davomida talabalarga har taraflama chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik vzamonaviy a axborot texnologiyalardan unumli foydalanishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Hamma fanlardan ko'rgazmali qurollar, elektron slaydlar tayyorlangan va institut ARM bazasiga kiritilgan. Kafedrada yaratilgan o'quv qo'llanmalar, uslubiy ko'rsatmalar, elektron slaydlar har oyda Ziyonet elektron tarmog'iga joylashtirilib kelinmoqda. Kafedrada o'qitiladigan fanlar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etilmoqda. Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarda multimediya, prezentatsiya qo'llanilmoqda.Ma'ruza mashg'ulotlarining 25% dan ortig'i muammoli tarzda tashkil etilib, ularda talabalarning faolligi ta'minlanmoqda. Buning natijasida kafedrada o'qitiladigan fanlar bo'yicha talabalarning o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi yildan yilga ortib bormoqda.

Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi