To'qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash kafedrasi mudiri
Texnika fanlari nomzodi (PhD) Doniyorov Bektosh Bahodirovich
Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +998 97 701 57 76
E-mail: ...
To'qimachilik maxsulotlarini qayta ishlash kafedrasi haqida ma'lumot
"To'qimachilik mahsulotlarini qayta ishlash" kafedrasida hozirgi kunda 5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) va 60721200- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) kunduzgi;
5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha) sirtqi ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavrlar;
Bundan tashqari, 70721201-To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (tarmoqlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bo'yicha magistrlar ham tahsil olmoqda.
Ta'lim yo'nalishlari bo'yicha jami 114 nafar talabalar tahsil olib kelmoqda, shundan, 22 nafar birinchi kurs, 17 nafar ikkinchi kurs, 38 nafar uchinchi kurs, 47 nafar to'rtinchi kurs va 1 nafar birinchi kurs magistr, 6 nafar ikkinchi kurs magistr talabaridan iborat.
2023-2024 o'quv yilida talabalarga 45 nomdagi mutaxassislik fanlaridan yuqori saviyada tashkil etilgan o'quv xonalarida dars mashg'ulotlari olib borilmoqda.
Kafedrada bitta zamonaviy jihozlangan ma'ruza xonasi, uchta amaliy-seminarlar xonasi va ikkita o'quv-ishlab chiqarish laborotoriya xonalari mavjud.
BAKALAVRIAT YO'NALISHI:
5320900 - Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha);
60721200- Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI:
70721201-To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (to'qima) ta'lim yo'nalishi bo'yicha.
TAYANCH DOKTORANTURA IXTISOSLIGI:
05.06.02.- To'qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
Kafedrada 2023-2024-yil davomida professor-o'qituvchi A.Shodmonqulov, D.Shamiyev texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olishdi. Bundan tashqari, D.Anorboyev ham 2024-yili yakuniga qadar ilmiy ishini yakunlab dissertatsiya himoyasini o'tkazishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, 2023-2024 o'quv yilida kafedramiz professor-o'qituvchilari M.Yuldasheva va X.Yo'ldoshevlar Dotsent ilmiy unvonini olishdi.
Kafedradagi ilmiy izlanishlar natijasi sifatida kafedra professor-o'qituvchilari A.Usmankulov, B.Doniyorov, D.Inagamjanov, J.G'ofurov va boshqalar ERASMUS+ loyihalari doirasida "O'zbekiston va Qozog'iston OTMlarida charm va charm buyumlari masalalarini kuchaytirish" mavzusida grand mablag'lari yutilgan bo'lib, bosqichma-bosqich institut hisob raqamiga kelib tushmoqda hamda ilmiy ishlarni bajarish maqsadida yo'naltirilmoqda.