O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri
Xamdamova Xanifaxon Shukurillayevna
Qabul vaqti: haftaning dushanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +99893. 308-03-66
O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi haqida ma'lumot
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 5850-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 10-dekabrda "Chet tillari" kafedrasi tarkibidan ajratilib, "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi tashkil etildi.
Xozirgi kunda "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilari 14 nafar, 1 nafari kabinet mudiri va 2 nafari laborant faoliyat yuritib kelmoqda.
2019-2022 o'quv yilidan boshlab kafedraga ta'limning yangi tendensiyalari asosida yangi sharoitlarda taraqqiy etishi va yuksalishiga o'z hissasini qo'shayotgan iqtidorli yetakchi, katta o'qituvchi Hamdamova Xanifaxon Shukrillaevna rahbarlik qilmoqda.
Bugungi kunga qadar kafedraga 4 ta fan biriktirilgan bo'lib, kafedrada o'zbek va rus tillari o'qitilmoqda, 2021-2022 o'quv yili uchun jami o'quv yuklamasi 10962 soatni tashkil etadi.
Hozirgi kunda kafedra professor-o'qituvchilari 14 nafar professor-o'qituvchilardan iborat bo'lib, ulardan 7 nafari katta o'qituvchi va 6 nafari assistentlardir. Kafedraning asosiy vazifalari yetuk bakalavrlar va magistrlar tayyorlash, o'qitish metodikasi, ilmiy izlanishlar olib borish hisoblanadi.
Kafedrada o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida elektron o'quv-uslubiy majmualar tuzilgan.
Kredit-modulli ta'lim tizimiga o'tish munosabati bilan kafedrada o'qitiladigan fanlar 120 soat, 4 kredit va mustaqil ta'lim 60 soatni tashkil etadi.
Bugungi kunda uchta o'qituvchi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanadi:
1. Xamdamova Hanifaxon Shukurillaevna - 10.00.01 - Uzbek tili
2. Ziyaeva Magbuba Fazlidinovna - 13.00.01 - Pedagogika
3. Mardanov Rahim G'aybulla o'g'li - 10.00.02 - O'zbek adabiyoti
4. Norboev Urazali Murodovich - 08.00.06 Ekonometrika va statistika
Hozirgi kunda kafedra xodimlari tomonidan o'qitiladigan fanlar bo'yicha o'quv qo'llanmalar mavjud:
1. Hamdamova X.Sh. Davlat tilida ish yuritish
2. Xamdamova X. va Soatova D. O'zbek tiling sohada qo'ng'iroq
3. Abduvaxobova D.E. Rus tili
4. Almamatova Sh. Fonetika o'qitish metodikasi
Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan xalqaro va respublika konferensiyalarida, 76 ta ilmiy maqolalar chop etilgan.
Rejaga ko'ra, kafedra xodimlari tizimli ravishda malaka oshirishdan o'tmoqda. Kafedrada "Poliglot", "Radunitsa", "Savodxon", "Qaldirg'och" to'garaklari o'z faoliyatini olib boradi.