Radioelektronika kafedrasi mudiri
Qarshiboyev Sharof Abduraupovich
Qabul vaqti: haftaning Juma kuni soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +998 99-332-74-33
Radioelektronika kafedrasi haqida ma'lumot
"Radioelektronika" kafedrasi 2017 yilda "Elektroenergetika" kafedrasi tarkibidan ajralib chiqdi. Jami 16 ta professor-o'qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan 4 ta dotsent, 3 ta katta o'qituvchi, 7 nafari assistent. Asosiy shtatda 13 ta. 1 ta laborant va 1 nafar kabinet mudiri faoliyat olib boradi.
Bakalavriyat yo'nalishlari
- 5250700- Radioelektron qurilmalar va tizimlar
- 5310800- Elektronika va asbobsozlik (elektronika sanoatida)
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar mavzulari:
1. Kristall materiallarning spektroskopik usullarda tadqiq etish (dots. Sattarov S.)
2. Muqobil energiya manbalarining foydali ish koeffitsientini oshirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish (dots. Mustafakulov A.)
3. Radioelektronikada ranglar sezuvchi datchiklar aniqligini oshirish va ular ishini modellashtirish (ass. Babanov D.)
4. Robot ko'z analizatori tizimini yaratishning matematik dasturiy-texnik ta'minoti (kat. o'qituvchi F.Muldanov)
5. Ta'limning innovatsion texnologiyalari asosida muqobil energiya manbalari (Quyosh va shamol energetikasi) mutaxassislarini tayyorlashda o'qitish samaradorligini oshirish (ass. F. Yuldashev)