Kimyo kafedrasi mudiri
kimyo fani bo'yicha falsafa doktori (PhD) Haqberdiev Shuxrat Maxramovich
Qabul vaqti: Dushanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +99893-650-91-99
Xakberdiyev Shuxrat 1981 yilda tug'ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, kimyo fanlari bo'yicha (PhD) falsafa doktori, 2007 yilda Jizzax davlat pedagogika institutini kimyo mutaxassisligi bo'yicha magistraturani tamomlagan, 2010 yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi, 2013 yil Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti katta ilmiy xodim izlanuvchisi, 2017 yildan JizPI "Kimyo" kafedrasi mudiri.
Xakberdiyev Shuxrat 80 ta ilmiy-metodik ishlar, shu jumladan, 21 ta o'quv-metodik ishlar, 1 ta monografiya, 3 ta elektron darsga patent va 1 ta o'quv qo'llanma muallifi. Ilmiy ishlari Angliya, Hindiston, Avstriya, Rossiya davlatlari ilmiy jurnallarida chop etilgan.
Kimyo kafedrasi tarixi
"Kimyo" kafedrasi 2017 yil 10 oktabrda tashkil etildi va kafedra mudiri etib Xakberdiyev Shuxrat Maxramovich tayinlandi.
Bugungi kunda kafedrada 53420400 - "Kimyoviy texnologiya" bakalavr yo'nalishi bo'yicha jami ta talabalar ta'lim olmoqda. Shulardan: ta talaba grant asosida, ta talaba to'lov kontrakt asosida tahsil olmoqda.
Erishilgan ilmiy natijalar:
"Kimyo" kafedrasi professor-o'qituvchilari 2021-2024 yilda ilmiy-tadqiqot faoliyati va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash borasida keng ko'lamda faoliyat ko'rsatib, bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirdilar. 2021 yil 23 sentabr kuni Bobomurodova Sanobar Yunusovna texnika fanlari bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda, OAK tasarrufidagi jurnallarda, SCOPUS tasarrufidagi jurnallarda va turli konferensiyalarda maqolalar nashrdan chiqarib kelmoqda.
2021-2024 YIL UCHUN QUYIDAGI TADBIRLARNI AMALGA OSHIRISH REJALASHTIRILGAN:
- kafedra ilmiy salohiyatini 50% ga yetkazish yo'llarini izlash;
- mustaqil tadqiqotchilar dissertatsiyalarining bajarilish ahvoli haqida fakultetlar ilmiy kengash yig'ilishlarida atroflicha muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish;
- kafedrada davlat grantlari, korxona va tashkilotlar buyurtmasi (shartnoma) asosida tegishli ixtisoslik va mutaxassisliklar bo'yicha mutaxassis ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlovchi, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga, ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga, ixtiro va ratsionalizatorlik takliflari bo'yicha hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishga ko'maklashish;
- kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilayotgan innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishda tatbiq etish masalalarini amalga oshirish;
- kafedrada xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman o'tkazish;
- iqtidorli talabalar va yosh olimlarni turli xil anjuman va tanlovlarda faol ishtirok etishini ta'minlash;
- O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bilan hamkorlikda talabalarni tajriba konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilishga alohida e'tibor qaratish;
- kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilayotgan innovatsion ishlanmalarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini ommaviy axborot vositalarida yoritish.
- Kafedraga qarashli guruhlarning iqtidorli talabalari bilan professor-o'qituvchilar muntazam ishlash, ilmiy-amaliy yordam ko'rsatish.
Kafedrada o'tiladigan fanlar bo'yicha ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda.
O'quv yili davomida talabalarga har taraflama chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan unumli foydalanishga asosiy e'tibor qaratildi. Hamma fanlardan ko'rgazmali qurollar, elektron slaydlar tayyorlangan va institut ARM bazasi va HEMIS tizimiga kiritilgan.
Kafedrada o'qitiladigan barcha fanlardan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta'lim texnologiyalari yaratilgan. Hamda kimyo ta'lim yo'nalishi talabalari uchun zamonaviy kimyoviy laboratori va laboratoriya jihozlari bilan taminlangan.
Kafedrada yaratilgan o'quv qo'llanmalar, uslubiy ko'rsatmalar, elektron slaydlar har oyda Ziyonet elektron tarmog'iga joylashtirilib kelinmoqda.