Kafedra

Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi mudiri

Abdullayev Elnur Axmatovich

Qabul vaqti: haftaning Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +998936135354

E-mail: elnurabdullayev6229@gmail.com


  Elektr texnologiyasi kafedrasi haqida
Mazkur kafedra 1979-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filialida faoliyat ko‘rsatgan «Umumta’lim fanlari» kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan. Kafedra dastlab, «Fizika» kafedrasi nomi bilan, so‘ng 1992-yilda Elektroenergetika mutaxassisligi ochilishi munosabati bilan «Fizika va elektroenergetika» deb nomlangan. 2002-yilda uning tarkibidan «Elektroenergetika» kafedrasi ajralib chiqdi. 2005-yilda esa «Fizika va elektroenergetika» kafedralari birlashtirilib «Elektroenergetika va fizika» kafedrasi, 2012-yilda «Elektroenergetika» kafedrasi, 2020-yilda «Energetika» kafedrasi va 2024-yildan boshlab «Energetika va elektr texnologiyasi» kafedrasi deb nomlanib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedra tarkibida 33 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Jumladan, 1 ta professor, 5 ta fan nomzodi-dotsentlar, 8 ta katta o‘qituvchi, 19 ta assistentlar elektr energetikasi va energetika mutaxassisligiga oid 53 ta fan bo‘yicha Davlat ta’lim standartlariga mos holda talabalarga bilim berib kelmoqdalar. Shu kunlarda esa assistentlar O. Olimov, M. Hasanov, A. Suyarov, A. Boliyev, A. Qurbonovlar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelishmoqda. 70710901 – Energiya tejamkorligi va energoaudit (Issiqlik energetikasi) bakalavriat ta'lim yo'nalishi - fan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi yo'nalish bo'lib, elektr mashinalari, transformatorlar va elektr apparatlarining ish jarayonlari nazariyasini o'zlashtirish va tadqiqot qilish, ularni ishlab chiqarish, loyihalash, ularga texnik xizmat ko'rsatish va ularni diagnostika qilish, sinash va ekspluatatsiya qilish hamda ularga ishlatiladigan materiallardan samarali foydalanishga yo'naltirilgan usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi. Energiya tejamkorligi va energoaudit (Issiqlik energetikasi) magistratura mutaxassisligi - oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida elektr ta’minotiga oid maxsus fanlarni o‘qitish; O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish; “O‘zbekenergo” AJ boshqarmalarida, hududiy elektr tarmoqlarining ekspluatatsiyasini amalga oshiruvchi tashkilotlarda, Energiya samaradorligi va energiya tejamkorligi Departamenti tarmoqlarida kompleks masalalarni yechish. 2023-yildan boshlab kafedra assistenti U.Xudoyberdiyev Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti 05.05.07-"Qishloq xo'jaligida elektr texnologiyalar va elektr uskunalar ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga qabul qilindi. Kafedra professor-o'qituvchilari xorijiy universitetlarda malaka oshirish hamda bir qator loyiha asosida ilmiy tadqiqot ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan kafedra katta o'qituvchisi Mirzayev Uchqun Nazarqosimovich AQShning O'zbekistondagi elchixonasi tomonidan e'lon qilingan tanlovda g'olib bo'lib umumiy qiymati 25000 dollar bo'lgan Grantni qo'lga kiritdi. Ushbu mablag'lar hisobidan AQShning yetakchi universitetlaridan biri bo'lgan Vayoming universitetida 4 oylik stajirovkada bo'lib qaytdi. "Elektr texnologiya" kafedrasida Turkiya Davlatning Ege universiteti bilan institut o'rtasida imzolangan shartnomaga ko'ra kafedra katta o'qituvchisi U.Mirzayev va U.Xudoyberdiyev Qo'shma ta'lim dasturi talabalariga o'quv mashg'ulotlarini online olib bormoqda. Shu jumladan kafedrada Xalqaro Oliy ta'lim muassalari reytingda top-1000 taligidan o'rin olgan Turkiya respublikasining eng nufuzli Oliy ta'lim muassasi bo'lgan EGE universiteti bilan o'zaro hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Kafedra shu bilan bir qatorda "MEI"MTU, Don texnika universiteti, "TIQXMMI" MTU, TDTU memorandum shartnomalar tuzilgan. Shu jumladan kafedrada "O'zbekenergo" DAK "Jizzax viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi"AJ, "Jizzax Plastmassa"AO, "Jizzax don maxsulotlari"AJ, "Jizzax Zenatkor temir beton buyumlari" AJ, "Stone lider" MCHJ, Elektro-elenant fayz" MCHJ ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Shuningdek kafedraga Germaniya davlati "Didactic" LEYBOLD korxonasidan eng zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan laboratoriya jihozilari olib kelingan. 60710500 – Energetika (atom elektr stansiyalari) Energetika - texnikaning elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, hamda bu jarayonlarni boshqarish usullari bilan bog‘liq faoliyatni o‘z ichiga olgan qismidir. 60710600 –Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) Elektroenergetika ̵ texnikaning elektr energiyasini ishlab chiqarish, o‘zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish hamda bu jarayonlarni boshqarish usullari bilan bog‘liq faoliyatini o‘z ichiga olgan qismidir. Bakalavrlar belgilangan tartibda oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida, kasbiy ta’lim muassasalarida, kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida ishlay oladi.

Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi
Elektr texnologiyasi kafedrasi