Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi mudiri
Xoliqov Sindorqul Ravshanovich
Qabul vaqti: Dushanba - Juma kunlari soat 14:00 dan 15:00 gacha.
Telefon: +99897.327-61-20
Kafedra Haqida ma'lumot:
2020-2021 o'quv yilidan regionga "Arxitektura" yo'nalishidagi kadrlarni tayyorlashda ta'lim sifatini va samaradorligini oshirish maqsadida institutda "Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi tashkil qilindi.
Hozirgi kunda kafedrada, 1 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan nomzodi, dosentlar, 2 nafar katta o'qituvchi, 7 nafar assistiyent va 2 nafar kabinet mudiri faoliyat ko'rsatmoqda.
Kafedrada O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2019 yil 28 avgustdagi qarori bilan A va B guruhdagi qurilish obyektlari loyihalarini ishlab chiqish uchun AL-000176 raqamli "Arxitektura - shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatini amalga oshirish uchun LISENZIYa" olindi va "Politex me'mor loyiha" guruhi tashkil etilgan.
Iqtidorli talabalar kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan fan to'garaklariga ham jalb qilingan. Kafedrada "Yosh rassom-dizayner" ijodiy to'garagi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy to'garaklarda jami 49 nafar iqtidorli va iste'dodli talabalar ijod sirlari bilan tanishtirib borilmoqda.
BAKALAVRIAT yo'nalishi:
5340100 - arxitektura(bino va inshootlar)
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR
Kafedradagi bakalavriat ta'lim yo'nalishi mutaxassisligi bo'yicha o'qitiladigan barcha fanlar yangi avlod darsliklar, o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlangan.
Kafedrada o'qitiladigan barcha fanlar bo'yicha ma'lumotlar tayyorlanib Moodlye tizimiga kiritildi.
Kafedrada talabalar tomonidan kurs ishlari va bitiriuv malakaviy ishlarining aksariyat qismi SorelDRAW va AutoCAD dasturlarida tayyorlanmoqda. Shu munosobat bilan institut rektorining tashabbusi bilan "Arxitekturaviy loyixalash" kafedrasiga jami 18 komplekt yuqori operativ tezlikka ega bo'lgan zamonaviy kompyuterlar berildi.