Kafedra

Yo'l muhandisligi kafedrasi mudiri

G'aniev Inomjon G'ulomovich

Qabul vaqti: haftaning Dushanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (+99897) 702-74-04

E-mail: ganiev.inomjon@gmail.com


  Yo'l muxandisligi kafedrasi tarixi, buguni va kelajagi

Yo'l infratuzilmasi har qanday davlatning iqtisodiy o'sishi va ijtimoiy taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli, yo'l muhandislarini tayyorlash masalasi doimo dolzarb bo'lib kelgan. "Yo'l muhandisligi" kafedrasi - ana shunday mutaxassislarni yetishtirishda yetakchi o'quv-ilmiy markazlardan biri bo'lib, mamlakatimizda yo'llar qurilishi, ta'miri va ekspluatatsiyasi sohasida yetuk kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va sohaning rivojiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. "Yo'l muhandisligi" kafedrasi tarixi institutda 1995-1996 o'quv yilidan boshlab "Avtomobil yo'llari va aerodromlar qurilishi" mutaxassisligi bo'yicha talabalar qabuli munosabati bilan "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi negizida 2010-yilda shakllangan. Bunda marhum texnika fanlari doktori, professor Toyir Muqumov va texnika fanlari nomzodi, professor Inomjon Ganiyevning mazkur ixtisoslik bo'yicha ilmiy salohiyati muhim rol o'ynagan. 2007/2028 o'quv yilidan boshlab 5340600 - "Transport inshootlari ekspluatatsiyasi" ta'lim yo'nalishi ochilgan. 2010-yil sentyabr oyidan boshlab "Avtomobil yo'llari va harakat xavfsizligi" nomi bilan alohida kafedra sifatida faoliyatini boshlagan. 2012-2013 o'quv yilidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan kafedra nomi "Avtomobil yo'llari" deb belgilandi. Kafedrani turli yillarda qisqa muddatlarda vaqtincha dotsentlar O.Adilov, A.Berdiqulov, R.Hamroqulov va Sh.Erboyevlar boshqarishgan. Kafedrani 2017-2018 yillarda hamda 2020-yil 10-avgustdan boshlab kafedra nomi zamonaviy talablar asosida "Yo'l muhandisligi" deb belgilandi, hamda In'omjon Ganiyev mudir sifatida boshqarib kelmoqda.

Yo'l muhandisligi kafedrasida yo'l muhandisligi sohasidagi quyidagi ilmiy muammolar yechimiga qaratilgan faoliyat olib borilmoqda:

1. Asfalt va syement-beton qoplamalarining mustahkamligini oshirish: - Yangi qo'shimchalar (modifikatorlar) ishlab chiqish; - Iqlimga moslashgan qoplama materiallari; - Eski qoplamalarni qayta ishlash texnologiyalari. 2. Transport-ekspluatatsiya ko'rsatkichlarini yaxshilash: - Yuklamaga chidamlilikni oshirish; - Qoplama tegizligi va yengil yurishni ta'minlash; - Suv o'tkazmaslik xususiyatlarini yaxshilash.