Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Oʻzbekistonda quyosh energiyasi boʻyicha bakalavrlar uchun maqsadli taʼlim dasturini (DEBSEUz) ishlab chiqish” xalqaro loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Keyingi yillarda butun dunyoda, jumladan, Respublikamizda ham “Yashil energiya”ga e’tibor va ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizning iqlim sharoitini hisobga oladigan bo‘lsak, quyosh energiyasi eng dolzarb masalalardan biri ekanligini tushunish qiyin emas.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, respublikamizning 7 ta va Yevropa Ittifoqining 3 ta – Italiyaning Politecnico di Torino universiteti, Portugaliyaning Universidade de Evora universiteti, Ispaniyaning Universidad Politecnica de Madrid universitetlari hamkorligida ERASMUS+ Higher Education Capacity Building loyihalari doirasida “Development of the targeted Educational program for Bachelors in Solar Energy in Uzbekistan (DEBSEUz)” xalqaro loyihasi ishtirokchilarining birinchi uchrashuvi hamda loyihaning ochilish marosimi (Kick-off meeting) bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Jizzax politexnika institutidan loyiha kordinatori, dotsent, PhD. T. Berdiyorov va loyiha ishtirokchisi “Energetika“ kafedrasi dotsenti v.b, PhD. M. Anarboyevlar ishtirok etishdi.