Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Institut Buyruqlari

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

MUQADDIMA

   Biz, O‘zbekistonning yagona xalqi, inson huquq va erkinliklariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, davlat suvereniteti prinsiplariga sodiqligimizni tantanali ravishda e’lon qilib, demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik g‘oyalariga sadoqatimizni namoyon qilib, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni va qadr-qimmati oliy qadriyat hisoblanadigan insonparvar demokratik davlatni, ochiq va adolatli jamiyatni barpo etish borasida hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas’uliyatimizni anglagan holda, davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib, mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini ko‘paytirishga hamda hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashga hamda atrof-muhit musaffoligini saqlashga astoydil ahd qilib, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asoslangan holda, O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, eng avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini hamkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilib, fuqarolarning munosib hayot kechirishini, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni, ko‘p millatli jonajon O‘zbekistonimizning farovonligini va gullab-yashnashini ta’minlashni maqsad qilgan holda, ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz va e’lon qilamiz.
Batafsil

Xalqaro konstitutsiyaviy tajribalarni oʻrganish, xalqaro hujjat qoidalarini inobatga olish, milliy davlatchilik anʼanalardan kelib chiqish natijasida yaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan) jahon andozalariga mos boʻlib, xalqaro talablarga javob beradi.Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida Yangu tahrirdagi konstitutsiya qabul qilingan bo'lib bu o'zgarish 2024-yilning 30-aprelidagi refrendumdan so'ng qabul qilindi.Konstitutsiyaning moddalariga katta o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.Ya'ni 65% yangilandi.Yangi Advokatura bobi kiritildi.