XORIJIY TALABALAR

Talabalar turar joyi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika instituti Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi tomonidan 2024-2025 o‘quv yili boshlanishiga tayyorgarlik ko‘rish, talaba-yoshlarni kutib olish va turar joy bilan ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan institut binosida ko‘maklashish markazlari barpo etilib, talabalarini institut yotoqxonasiga va yaqin hududlardagi ijara xonadonlariga joylashtirish ishlari olib borilmoqda. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi va fakultetlarning faol talabalari orasidan ixtiyoriy tanlab olingan valantiyorlar bilan hamkorlikda talabalar turar joylariga va ijara xonadonlariga joylashtirish va kuzatib qo‘yish ishlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Jizzax politexnika instituti hududidagi 1-sonli talabalar turar joyi(davlat tasarrufida) quvvati 560 o‘ringa ega, 2-sonli talabalar turar joyi(davlat sherikchilik asosida) quvvati 300 o‘ringa ega, 3-sonli talabalar turar joyi(davlat sherikchilik asosida) quvvati 400 o‘ringa ega bo‘lib, 2024-2025 o‘quv yili uchun tayyor holatga keltirildi. Bugungi kunda institut hisobida 3 ta talabalar turar joyi va 800 dan ortiq tayyor holatdagi ijara xonadonlari mavjud. Joriy yilda talabalarga yetarlicha shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1-sonli talabalar turar joyi qaytatdan rekonstruksiya qilindi va yashash uchun tayyor holatga keltirildi. Ushbu 1-sonli talabalar turar joyi davlat tasarrufida bo‘lib, 605-sonli va 376-sonli qarorga muvofiq endilikda ushbu talabalar yotoqxonasiga talabgor talabalar elektron platformasi “Billing.edu.uz” tizimi orqali masofaviy ariza topshirishlari mumkin. Talabgorlar tamonidan kelib tushgan arizalar mas’ullar tamonidan uch ish kunida ko‘rib chiqiladi. Yuqorida keltirilgan qarorlarga muvofiq to‘rtta ustuvorlik bo‘yicha arizalar qabul qilinadi. Unga ko‘ra birinchi bo‘lib birinchi ustuvorlikda nogirligi bor va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar imtiyozli (imtiyozlar;- 25%,-50%,-75% va -100%) ravishda qabul qilinib, yotoqxonaga joylashtiriladi, ikkinchi bo‘lib ikkinchi ustuvorlikdagi talabalar ya’ni olis tumanlardan kelgan talabalarning arizasi ko‘rib chiqiladi va talabalar yotoqxonasiga joylashtiriladi. Keyingi o‘rinda ushbu viloyatdagi talabalarning doimiy yashash manzilining masofasiga qarab uchinchi va to‘rtinchi ustuvorlikda arizalar ko‘rib chiqiladi va talabalar yotoqxonasidagi bo‘sh o‘rinlar soniga qarab joylashtiriladi. Ijaraga joylashtirilgan talabalarga ham 605-sonli va 376-sonli qarorlariga muvofiq ijara kompensatsiya pullari(viloyatlarda joylargan OTM larga yarim ish haqqi va Toshkent shahridagi OTM larga bir ish haqqi miqdorida) qoplab berish chora-tadbirlari ko‘riladi. Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, yotoqxonalardagi kutubxona, sport maydonchasi talabalar ixtiyorida bo‘ladi. Zamonaviy mebellar va uskunalar bilan jihozlangan talabalar turar-joylarida oshxona, kir yuvish xonalari ham havas qilarli darajada. Institutda chet ellik talabalar uchun yotoqxona bormi? Chet ellik talabalar uchun alohida yotoqxonalar mavjud ,talabalar uchun barcha sharoitlar mavjud. Xorijiy talabalar turar joyida talabalarni bo'sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o'tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar turar joyi o'quv binolaridan piyoda 5-10 minutlik masofada joylashgan bo'lim darslarga o'z vaqtida borishlari imkonini yaratadi.