Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

International Activities

Xalqaro konferensiyalar

             
the Ministry of Higher and Secondary Special Education Research and Innovation

Center

 

Technical University of Crete

Tashkent Institute of Textile and Light Industry “O’zcharim-sanoat”

Association

Jizzakh   Polytechnic Institute Center of Women Inventors of Uzbekistan

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda Xalqaro miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi”ni tasdiqlash to‘g‘risidagi 101-F-sonli Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Ishlab chiqarishning texnik, muhandislik va texnologik muammolari innovatsion yechimlari” mavzusidagi Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman 2022-yil 28-29-oktabr kunlari o‘tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:

1. ishlab chiqarish tarmoqlarida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari, yutuqlar va innovatsiyalar;

2. sanoat, ishlab chiqarish, transport, arxitektura va qurilish, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasidagi innovatsiyalar, qishloq xo‘jaligini jadal rivojlanishini ta’minlovchi energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari, mashina va uskunalarning yangi avlodi hamda materiallarni yaratish muammolari;

3. zamonaviy innovatsion ta’limga besh tashabbusning tatbiq etilishi.

4. texnik oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning pedagogik texnologiyalari hamda zamonaviy ilm-fan dolzarb muammolar.

Maqola, tezis materiallari o‘zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to‘plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo‘mitasi maqola, tezislarni sifatiga javobgar emas. Ko‘rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop
qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi. Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar

– Maqola, tezis matnlari elektron nusxada https://t.me/ilhombaratov
yoki (+998941901997) telegram manzilga jo‘natilishi talab etiladi.