Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Bo'limlar

Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi

Meliyev Ibragim Ibaydullayevich

Qabul vaqti: Shanba 10:00 – 12:00

Telefon:

E-mail:

Jizzax Politexnika instituti tarkibidagi “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son, “Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-sonli qarorlari asosida ishlab chiqilgan nizom, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining "Oliy ta'lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi qarori(ro‘yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral)ga asosan institut rektorining 2021-yil 16-oktabrdagi 320-AF-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi. Institutda tayyorlanayotgan oliy ma’lumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar ba’zasini shakllantirish, bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda ta’lim xizmatlari iste’molchilari tuzilmasini baholash, tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni institut Kengashlarida muhokama qilish, institutda kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish, institut bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash, ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavriat va magistratura talabalari uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish, institut joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga institut faoliyatini yo‘naltiradi. Oliy ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va ta’lim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko‘maklashish, kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini institut kengashida muhokama qilish, kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi korxonalar hamkorligini ta’minlash. Bitiruvchi talabalar amaliyotini keyinchalik ishga joylashishi mumkin bo‘lgan korxona va tashkilotlarda tashkil etishga ko‘maklashish, belgilangan muddatlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga institutning joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etib boradi. Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yo‘naltirish to‘g‘risidagi institutning ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarini o‘z vaqtida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etib borish.