Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi
Utkirjon Rahmatov
Qabul vaqti: seshanba, chorshanba va juma kunlari 14:00-16:00 gacha.
Xorijiy aloqalar va akademik mobillik bo‘yicha registrator ofisi talabalarga xizmat ko’rsatish menejeri
Ulugbek Yusupov
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon:+998973152507
Xorijiy hamkorlar bilan bo‘yicha ishlash koordinator
Sheyxzade Bavbekova
Qabul vaqti: Har kuni
Telefon: +998995822309
Kirish: Jizzax politexnika institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga xush kelibsiz. Biz global hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va madaniy almashinuvni rivojlantirishga intilamiz.
Shiorimiz: Bizning tashabbuslarimizga boqing va jo‘shqin xalqaro jamoa qurishda bizga qo‘shiling.
Bizning maqsadimiz: Bizning vazifamiz xorijiy universitetlar bilan xalqaro aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash, xorijiy talabalarni va professror-o‘qituvchilarni ta’lim jarayonlariga jalb etish hamda global hamkorlik orqali akademik salohiyatni kuchaytirish.
Qadriyatlarimiz: Biz ta’lim jarayonida xilma-xillikni, global hamkorlikni va ta’lim sohasidagi mukammallikni qadrlaymiz.
Bo‘lim faoliyati va xalqaro loyihalardagi ishtirok
Xorijiy talabalarni jalb qilish: Biz inklyuziv ta’lim muhitini yaratish maqsadida, ta’lim jarayoniga xorijiy talabalarni faol ravishda jalb qilamiz.
Hamkorlik: So‘nggi yillarda institut xalqarolashuv yo‘liga o‘tib, sezilarli natijalarga erishdi. Natijada qisqa vaqt ichida Jizzax politexnika instituti dunyoning 80 dan ortiq universitetlari bilan o‘zaro anglashuv memorandumlarini imzoladi va hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Qilingan ishlar samarasi o‘laroq institut talabalari Rossiya, Belarus, Slovakiya, Polsha, Gretsiya, Avstriya, Vengriya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malayziya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida talabalar almashinuvi dasturi asosida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Bundan tashqari dars jarayonlariga muntazam ravishda xorijiy professor-o‘qituvchilar jalb etilishi talabalarga xorijiy tajribalarni o‘rganish va kelajakda olingan bilimlarni o‘z sohalariga tadbiq etish imkoniyatini yaratmoqda. Shuningdek Jizzax politexnika instituti quyidagi Qozon federal universiteti, Don davlat texnika universiteti, “Moskva energetika instituti” milliy tadqiqot universiteti, Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Changshu Texnologiyalar institute kabi nufuzli ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ochishga erishgan.
Xorijiy til bilish darajasini monitoring qilish: Xalqaro hamkorlik bo‘limi institut talabalari va professor-o‘qituvchilarini xorijiy tillarni o‘rganish jarayonini kuzatib boradi va til sertifikatlarini qo‘lga kiritishlarida amaliy yordam korsatadi.
Shuningdek, shuni ta’kidlash joizki, xorijiy talabalarni jalb qilish maqsadida institutning “Transport”, “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya” hamda “Sanoat texnologiyalari” fakultetlarida mutaxassislik bo‘yicha fanlar ingliz tilida o‘qitiladigan guruhlar tashkil etilgan.
Xalqaro loyihalar: 2008-yildan beri Jizzax politexnika instituti Yevropa Ittifoqining Tempus va Erasmus+ grant loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqda (Tempus (CAD/CAM/CAE, Engitec, HIGHVEC), Erasmus+ (Intras-intelektual transport tizimlari: Aktga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi magistratura dasturi, TRIGGER, REILEAP, DEBSEUz, TEX4FUTURE, GREENDT)). Mazkur loyihalarni amalga oshirishda faqatgina institut professor-o‘qituvchilar jalb etilib qolmay, balki institut talabalari ham faol ravishda jalb etiladi. Jizzax politexnika instituti an’anaviy ta’lim doirasidan tashqariga chiqqan va barqaror rivojlanish va sanoat sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda yetakchi o‘rinlarda turuvchi oliygohlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Institut hududida faoliyat yuritayotgan muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazi hamda O‘zbekistondagi BYD avtomobil ishlab chiqarish sohasida yetakchi kompaniyasi, Djizzakh Sement, Jizzakh ADM avtomobil zavodi, Knauf Buxoro qurilish materiallari korxonasi, Roison Electronics, Bazalt Wool, Jizzakh Kenteks, JAZ Bateery kabi korxonalar bilan hamkorlik tufayli talabalar real loyihalarda ishtirok etib, O‘zbekiston iqtisodiyoti yuksalishiga hissa qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Xalqaro reytinglar: Hozirda institut xalqaro reytinglardagi o‘z mavqeiga alohida ahamiyat qaratmoqda. 2025-yilda Jizzax politexnika instituti “QS Asia University Rankings 2025” eng yaxshi Osiyo universitetlari reytingida 851-900 o‘rinni egalladi. 2024-yilgi, “THE” xalqaro universitetlar reytinglash agentligining “Impact Ranking” yo‘nalishi bo‘yicha 1501+ o‘rinni egalladi va The World Universities Rankings 2025 uchun “Reporter” maqomini qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, institut UI Green Metric reytingida dunyoda 370-oʻrinni va Oʻzbekiston universitetlari orasida 4-oʻrinni egalladi, bu uning ekologik barqarorlikka befarq emas ekanligini ko‘rsatadi.