Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

SIRTQI TA’LIM

Abiturientga eslatma

QABUL – 2021/2022: ASOSIY YANGILIKLARI.


🔰Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo’lgan fuqarolarni 2021/2022 o’quv yilida respublika OTMning sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko’ra tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga tavsiya etish huquqiga ega bo’lgan vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalarining ro’yxati tasdiqlandi

🔘Bunda:

— vazirlik, idora va yirik xo’jalik birlashmalari 2021/2022 o’quv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishlari mumkin;

— vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida 5 yildan kam bo’lmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga ushbu vazirlik, idora yoki yirik xo’jalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma tashkilotning shaxsan birinchi rahbari tomonidan beriladi;

— suhbat natijalariga ko’ra sirtqi va kechki ta’lim shakliga o’qishga tavsiya etilgan talabgorning o’qishi (sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil) uchun to’lov-kontrakt mablag’lari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xo’jalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda to’lab beriladi.


RASMAN TASDIQLANDI.

O’zR ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2021 yil 26 iyuldagi 2-son bayoni bilan pandemiya sharoitidagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, 2021/2022 o’quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 5 avgustdan (qoida tariqasida, kuniga ikki smenada: 1-smena 07:00 dan, 2-smena 19:00 dan) boshlanishi hamda test sinovlari ochiq stadion va xiyobonlarda o’tkazilishi belgilandi.

Davlat komissiyasining bayoni bilan pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni maqbullashtirilib, kirish test sinovlariga jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo’ldi.

Bunda:

➡️ birinchi bo’limdagi majburiy uchta fan – ona tili (o’zbek, rus, qoraqalpoq va boshqa tillar), matematika va O’zbekiston tarixi fanlarining har biriga 10 tadan jami 30 ta test topshiriqlari va umumiy 60 daqiqa belgilanadi;

➡️ikkinchi bo’limdagi abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanning har biriga 20 tadan jami 40 ta test topshiriklari va umumiy 120 daqiqa belgilanadi;

➡️majburiy uchta fanga jami 63 ball, abityriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo’nalishiga mos ikkita fanga jami 126 ball, umumiy – 189 ball belgilanadi.

Manbaa: edu.uz


NAMUNAVIY TESTLAR TO’PLAMI

O’zingizni sinab ko’rmoqchimisiz unda quyidagi havola orqali tekshirib ko’ring

manbaa: dtm.uz


ABITURIYENTLARGA IMTIYOZLAR

 Kvotadan tashqari imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar bilan quyidagi havola orqali to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz mukin.

ma’lumotga ega bo’lish


Kvota doirasida imtihonsiz talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

ma’lumotga ega bo’lish


Imtihondan ozod etilib, tegishli fandan ma’lum miqdorda ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozla

ma’lumotga ega bo’lish


To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

ma’lumotga ega bo’lish


Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

ma’lumotga ega bo’lish

manbaa: dtm.uz


📹 2021/2022 yil o’quv yili uchun Oliy talim muassalari qabul jarayonlariga Ariza beruvchilarni kasbiy (Ijodiy) imtihonlar asosida qabul qilish jarayoni uchun videoyuriqnoma

 


ABITURIENT UCHUN YO’RIQNOMA


ABITURIYENTLARNI ONLAYN RO‘YXATGA OLISH


JAVOBLAR VARAQASI BO’YICHA QO’LLANMAN


ABITURIYENTLAR 5 TAGACHA TA’LIM YO’NALISHI TANLASHI MUMKIN. 

Kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi

Abiturientlar 5 ta gacha ta’lim yo‘nalishini tanlashi mumkin. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, abiturientlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi hamda fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etish huquqi berildi.

Shuningdek, kirish test sinovlari abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fandan o‘tkaziladi.

(manbaa kun.uz)


JORIY YILDA TEST SINOVLARI 2 TA FANDAN BO’LIB  O’TADI.

Joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Ballar quyidagicha belgilanadi:

  • Birinchi fan – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.
  • Ikkinchi fan – 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.
  • Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.

(manbaa dtm.uz)


«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHDA QO‘LLANILADIGAN IMTIYOZ TURLARI HAQIDA MA’LUMOT» 

– Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;

– “Nihol” mukofoti sohiblari;

– “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;

– Olis cho‘l hududlari aholisi (Navoiy viloyati);

– Badiiy akademiyaning tasviriy san’at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;

– Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchilari;

– O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolari;

– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;

– Nogironligi bo‘lgan shaxslar;

– O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlari;

– Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;

– “Tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari;

– Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;

– Fan olimpiadalari g‘oliblari;

– Chet tilidan milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abiturientlar;

– «Temurbeklar maktabi» bitiruvchilari;

– Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar;

Yuklab olish: Imtiyozlar-2020


2020-2021-O’QUV YILIDA O’LIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHLARI UCHUN TEST SINOVLARINI O’TKAZISH REJALASHTIRILGAN BINOLAR RO’YXATI:

Hudud nomi Muassasa nomi Manzil Bino raqami va soni Geolokatsiyasi 
1 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi 1 https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9
2 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi 2 https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9
3 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi 3 https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9
4 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi Nukus shahri, M.Jumanazarov ko‘chasi 4 https://goo.gl/maps/PpZyeiJMj8nGcjEx9
5 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi 5 https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9
6 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-intyernati Nukus shahri, Chimboy guzari ko‘chasi 6 https://goo.gl/maps/o9MQRsqbgRSgJ6Pk9
7 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Respublika o‘yin turlari va yengil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (zaxira) Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi 7 https://goo.gl/maps/AotK2fE7H2wxhbnz8
8 Andijon viloyati Andijon olimpiya zaxiralari kolleji Andijon shahri Mustaqillik ko‘chasi 1-uy 1 https://goo.gl/maps/Ngpdd1HoDkvvCrri7
9 Andijon viloyati Andijon davlat universityeti «Xorijiy tillar fakulteti» sport zali Andijon shahri Bobur Shoh ko‘chasi 5-uy 2 https://goo.gl/maps/R2n9MRAscQUNSz6MA
10 Namangan viloyati Barkamol Avlod sport majmuasi Namangan shahri Istiqlol ko‘chasi 3-uy 1 https://goo.gl/maps/kayRBf6fKGbJnLUz9
11 Namangan viloyati Namangan olimpiya zaxiralari kolleji Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 5-uy 2 https://goo.gl/maps/fBbzynpsjpZ2dRsd7
12 Namangan viloyati Namangan muhandislik qurilish instituti qoshidagi akademik litsey Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy 3 https://goo.gl/maps/aRUn7iHpLTJDJpD16
13 Namangan viloyati Namangan muhandislik qurilish instituti 1-sport zal Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy 4 https://goo.gl/maps/gYkeuFMbtThvhJGc7
14 Namangan viloyati Namangan muhandislik qurilish instituti 2-sport zal Namangan shahri I.Karimov ko‘chasi 12-uy 5 https://goo.gl/maps/r44nm4WBTbW1raf6A
15 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy 1 https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3
16 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy 2 https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3
17 Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar olimpiya zaxiralari maktab-internati Farg‘ona shahri A.Navoiy ko‘chasi 55a-uy 3 https://www.google.ru/maps/@40.365052,71.7830237,328m/data=!3m1!1e3
18 Farg‘ona viloyati Neftchi bolalar va o‘smirlar futbol maktabi Farg‘ona kichik xalqa yo‘li Temir yo‘l ko‘chasi 4 https://www.google.ru/maps/@40.386891,71.7504933,328m/data=!3m1!1e3
19 Farg‘ona viloyati Farg‘ona davlat universiteti sport majmuasi Farg‘ona shahri Murabbiylar ko‘chasi 19-uy 5 https://www.google.ru/maps/@40.3863316,71.7783848,327m/data=!3m1!1e3
20 Farg‘ona viloyati Farg‘ona politexnika instituti sport majmuasi Farg‘ona shahri Farg‘ona ko‘chasi 86-uy 6 https://www.google.ru/maps/@40.4205482,71.7719436,327m/data=!3m1!1e3
21 Farg‘ona viloyati Farg‘ona “Samo” universial sport majmuasi (zaxira) Farg‘ona shahri Universitet ko‘chasi 43-uy 7 https://goo.gl/maps/K832hMqF76Mf81GU6
22 Buxoro viloyati «Semurg‘» sport majmuasi Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/3-uy 1 https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7
23 Buxoro viloyati «Yoshlik» sport majmuasi Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy 2 https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7
24 Buxoro viloyati «Yoshlik» sport majmuasi Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 9/1-uy 3 https://goo.gl/maps/eEZ9SknWdJ4F4bFg7
25 Buxoro viloyati “Xumo” tenis majmuasi 1-zal (zaxira) Buxoro shahri 4 https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6
26 Buxoro viloyati “Xumo” tenis majmuasi 2-zal (zaxira) Buxoro shahri 5 https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6
27 Buxoro viloyati Nafis gimnastika sport majmuasi (zaxira) Buxoro shahri 6 https://maps.app.goo.gl/a21akbRyHGZ8XtZs6
28 Xorazm viloyati «Yoshlik» sport majmuasi Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi 1 https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9
29 Xorazm viloyati «Yoshlik» sport majmuasi Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi 2 https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9
30 Xorazm viloyati «Yoshlik» sport majmuasi Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi 3 https://goo.gl/maps/Z7AsDZU5HcZXSXix9
31 Surxondaryo viloyati Termiz Alpomish kurash majmuasi Termiz shahri G‘.Xasanov ko‘chasi, 1-uy 1 https://www.google.ru/maps/@37.244524,67.285947,315m/data=!3m1!1e3
32 Surxondaryo viloyati «Surxon» sport majmuasi Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 41-uy 2 https://www.google.ru/maps/@37.2411879,67.3044285,390m/data=!3m1!1e3
33 Surxondaryo viloyati «Surxon» sport majmuasi Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 41-uy 3 https://www.google.ru/maps/@37.2411879,67.3044285,390m/data=!3m1!1e3
34 Surxondaryo viloyati Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy 4 https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3
35 Surxondaryo viloyati Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy 5 https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3
36 Surxondaryo viloyati Termiz ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Termiz shahri A.Navoiy ko‘chasi 42-uy 6 https://www.google.ru/maps/@37.2436136,67.3060928,315m/data=!3m1!1e3
37 Surxondaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Termiz tumani A.Navoiy ko‘chasi Manguzar mahallasi 7 https://www.google.ru/maps/@37.2442846,67.3038162,223m/data=!3m1!1e3
38 Surxondaryo viloyati Ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati Termiz tumani A.Navoiy ko‘chasi Manguzar mahallasi 8 https://www.google.ru/maps/@37.2442846,67.3038162,223m/data=!3m1!1e3
39 Qashqadaryo viloyati Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy 1 https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8
40 Qashqadaryo viloyati Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy 2 https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8
41 Qashqadaryo viloyati Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 13-uy 3 https://goo.gl/maps/1ZfZL1UfNc3SHCbk8
42 Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sport zali Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy 4 https://goo.gl/maps/ECcknu6PcPMhdi6s6
43 Qashqadaryo viloyati Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti sport zali Qarshi shahri Mustaqillik ko‘chasi 225-uy 5 https://goo.gl/maps/ECcknu6PcPMhdi6s6
44 Jizzax viloyati Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy 1 https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA
45 Jizzax viloyati Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy 2 https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA
46 Jizzax viloyati Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya rezervlari maktab-internati Jizzax shahri Istiqlol ko‘chasi 12-uy 3 https://goo.gl/maps/dNBLQbnXAES4LHGFA
47 Jizzax viloyati Jizzax davlat pedagogika instituti sport majmuasi (zaxira) Jizzax shahri Sh.Rashidov shoh ko‘chasi 4 uy 4 https://goo.gl/maps/bm9T5ESdtMwxcXQm7
48 Navoiy viloyati «Yoshlar» sport majmuasi Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi 1 https://goo.gl/maps/43i35a8aZToLPUix9
49 Navoiy viloyati «Yoshlar» sport majmuasi Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi 2 https://goo.gl/maps/h2stoPLBDACqBkrTA
50 Navoiy viloyati Yakka kurash maktabi STIBO‘SM Navoiy shahri Umid qo‘rg‘oni Me’morlar ko‘chasi 3 https://goo.gl/maps/mkv5XuBVPxLMRanr9
51 Samarqand viloyati Samarqand davlat universiteti akadyemik litseyi sport zali Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 237-uy 1 https://www.google.com/maps/@39.6701565,66.9647902,144m/data=!3m1!1e3
52 Samarqand viloyati Sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar o‘smirlar sport maktabi Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy 2 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3
53 Samarqand viloyati Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi Samarqand shahri Rudakiy ko‘chasi 243-uy 3 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3
54 Samarqand viloyati Samarqand pedagogika va xizmat ko‘rsatish kolleji sport zali Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy 4 https://www.google.com/maps/@39.6722834,66.9680429,148m/data=!3m1!1e3
55 Samarqand viloyati Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy 5 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3
56 Samarqand viloyati Samarqand sport o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi (zaxira) Samarqand shahri Daxbed ko‘chasi 18-uy 6 https://www.google.com/maps/@39.67006,66.9662328,144m/data=!3m1!1e3
57 Sirdaryo viloyati «Alpomish» sport majmuasi, yengil atletika maneji Guliston shahri «Namuna» mahallasi, Guliston ko‘chasi 1 https://goo.gl/maps/vihNCPmsGq9WV1F89
58 Sirdaryo viloyati «Alpomish» sport majmuasi, Yopiq tennis korti Guliston shahri «Namuna» mahallasi, Guliston ko‘chasi 2 https://goo.gl/maps/W52vztakksw6WeoJ6
59 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 1 https://goo.gl/maps/QnSaNTckPFYvKficA
60 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 2 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9
61 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 3 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9
62 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 4 https://goo.gl/maps/MDAzZ2ycqcGC9wyk9
63 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 5 https://goo.gl/maps/FH2Jex5bsyjg6trH8
64 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 6 https://goo.gl/maps/eP2g1SfFegvFwSXZA
65 Toshkent shahri «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasi Toshkent shahri Amir Temur ko‘chasi 107-uy 7 https://goo.gl/maps/4QmMZZWmB27ophev8
66 Toshkent shahri «Tennis» sport majmuasi Toshkent shahri Iftixor ko‘chasi 1-uy 8 https://goo.gl/maps/4rL9cCavht7cGhuz7
67 Toshkent shahri Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi Toshkent shahri 3-Niyozbyek yo‘li ko‘chasi 57-uy 9 https://goo.gl/maps/6RoYpS9thsTdeGbW7
68 Toshkent shahri Yoshlik sport majmuasi Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko‘chasi 98A-uy 10 https://goo.gl/maps/ebEi3XS5TPxsNh3M8
69 Toshkent shahri Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati Toshkent shahri Foziltepa ko‘chasi 38-uy 11 https://goo.gl/maps/msc8WSEKsUJwreE9A
70 Toshkent shahri Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati Toshkent shahri Foziltepa ko‘chasi 38-uy 12 https://goo.gl/maps/msc8WSEKsUJwreE9A

(manbaa dtm.uz)

 

Abituriyent qabul komissiyasiga tegishli hujjatlarni topshirishi, topshirgan hujjatlariga mos ma’lumotlar abituriyentlar bazasiga to‘g‘ri kiritilganini tasdiqlashi lozim. Qabul jarayoni tugagandan so‘ng abituriyentning murojaatlari (shikoyatlari) inobatga olinmaydi.

Abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqtda test sinovlarida ishtirok etadi.

Test sinovlari jarayonida abituriyent quyidagi huquqlarga ega: savollar kitobchasidan qoralama sifatida foydalanish; test topshiriqlarini belgilangan muddatdan oldin bajarish, undan so‘ng test materiallarini tartib bilan guruh nazoratchisiga topshirish hamda test sinovlari o‘tkaziladigan hududdan chiqib ketish.

Abituriyent test sinovlari o‘tkaziladigan kuni binoga tegishli hududga soat 07:00 (ikkinchi smena soat 13:00) gacha, binoga soat 07:30 (ikkinchi smena soat 13:30) gacha faqat abituriyent ruxsatnomasi va pasport bilan shaxsni identifikatsiyalash vositalari hamda videofiksatsiya qurilmalari orqali tartibli ravishda kirishi, test sinovlarini o‘tkazish qoidalariga qat’iy amal qilishi bilan birgalikda, birinchi smenada soat 07:30 dan 08:00 gacha, ikkinchi smenada soat 14:30 dan 15:00 gacha quyidagi ishlarni amalga oshirishga majbur:

test topshiriqlari kitobi va unga mos raqamli javoblar varaqasi raqamlari mosligini tekshirish;

test materiallari nuqsonsizligini tekshirish va nuqson borligi aniqlansa, darhol guruh nazoratchisiga xabar berish;

javoblar varaqasi to‘g‘ri to‘ldirilishini ta’minlash;

test topshiriqlari kitobi muqovasida va javoblar varaqasida ko‘rsatilgan tegishli joyga familiyasi, ismi, otasining ismini yozib, imzo qo‘yish;

javoblar varaqasi raqamini abituriyent ruxsatnomasi va titul varaqasining tegishli joyiga to‘g‘ri ko‘chirib imzo qo‘yish;

titul varaqasida ko‘rsatilgan maxsus kod va ta’lim muassasasi kodini javoblar varaqasida ko‘rsatilgan joyga to‘g‘ri ko‘chirib yozish va tegishli doirachalarni bo‘yash.

Abituriyent yuqorida ko‘rsatilgan majburiyatlaridan tashqari quyidagilarga shaxsan javobgar hisoblanadi:

javoblar varaqasini havo rang pastali sharikli ruchka bilan to‘ldirish; javoblar varaqasini bukmaslik, marker chizig‘iga yozmaslik, javoblar varaqasi raqami ostida joylashgan doirachalarni bo‘yamaslik;

javoblar varaqasi bilim darajasini belgilovchi asosiy hujjat bo‘lganligi uchun uni to‘g‘ri to‘ldirish;

belgilangan vaqt tugaguniga qadar test topshiriqlari kitobida mavjud test topshiriqlarini bajargan holda javoblar varaqasining mos tartib raqamidagi tegishli doirachalarini bo‘yab, test topshiriqlari kitobini va unga mos bo‘lgan javoblar varaqasini guruh nazoratchisiga topshirish.

Test topshiriqlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari o‘quv dasturlariga muvofiq tuziladi.

Abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishiga qarab tegishli ravishda bir, ikki yoki uchta fan majmuasi bo‘yicha test sinovini topshiradi.

Test topshiriqlari kitobidagi mavjud har bir fan 30 tadan test topshirig‘ini o‘z ichiga oladi.

Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) 30 ta test topshirig‘iga 1 soat, 60 ta test topshirig‘iga 2 soat, 90 ta test topshirig‘iga 3 soat vaqt belgilanadi.

Har bir test topshirig‘iga 4 tadan («A», «B», «C», «D») muqobil javoblar beriladi.

Abituriyent tomonidan har bir test topshirig‘iga faqat bitta javob belgilanishi shart bo‘lib, test topshiriqlari kitobida to‘g‘ri deb hisoblangan javoblarni javoblar varaqasidagi mos tartib raqamli doirachadan bittasini bo‘yaydi (javoblar varaqasida bo‘yalgan javoblarni o‘zgartirish mumkin emas). Agar javoblar varaqasidagi «belgilash uchun namuna» qoidasiga rioya etilmasa, jumladan bitta test topshirig‘iga javoblar varaqasida tegishli doiracha bo‘yalmasa yoki ikki va undan ortiq doiracha bo‘yalsa yoxud to‘liq bo‘yalmasa ushbu test topshirig‘iga ball berilmaydi.

Abituriyentning test sinovlarini topshirish vaqtida guruhdan chiqishi taqiqlanadi, chiqqan abituriyentlar qaytadan test sinovlariga qo‘yilmaydi. Sog‘lig‘iga salbiy ta’sir etuvchi holatlarda test materiallarisiz kuzatuv ostida guruhdan chiqish hollari bundan mustasno.

Quyidagi hollarda abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos bo‘ladi:

test sinovlari o‘tkaziladigan hududga yoki binoga kirishda mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter,

telekommunikatsiya qurilmalari va boshqa vositalar, shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirgan bo‘lsa yoki ulardan test sinovlari davomida foydalansa;

test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki ularga yordam bersa;

test materiallarini binodan tashqariga chiqarsa, test topshiriqlari kitobi varag‘ini yirtsa,

test sinovlari uchun ajratilgan vaqt tugaganda test materiallarini topshirishdan bosh tortsa;

test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa.