Jizzax politexnika instituti "Qurilish materiallari va konstruksiyalari" kafedrasi magistranti Turg'unova Feruza "SANFA" MCHJda o'z magistrlik dissertatsiyasi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, u mazkur kompaniya bilan tuzilgan xo'jalik shartnomasi ijrosi yuzasidan amaliy tajribalarni ham faol ravishda amalga oshirmoqda. Ushbu faoliyat orqali magistr nafaqat o'zining ilmiy salohiyatini oshirib, balki ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishgan holda muhim amaliy tajriba to'plamoqda. Bunday hamkorliklar oliy ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.