Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Bakalavr

Hujjatlar to’plami

Ikkinchi oliy ma’lumot olmoqchi bo‘lgan shaxslar ta’lim muassasasining qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

1. ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

2. oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

3. 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

4. № 086-U shakl bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma;

5. pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat nusxasi.

6. Pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko‘rsatiladi.