Qurilish muhandusligi fakulteti dekani
Berdiqulov Azzam Mardonovich
Qabul vaqti: Seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Tel: +998885287900
Yo'nalishlar mavjud emas.
Qurilish muhandusligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 4 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil 12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi. Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish, shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi. 2024-yilda Jizzax Politexnika institutida struturaviy o’zgarishlar amalga oshirildi. Shunga asosan Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish muhandisligi fakulteti deb nomlandi. Hozirda “Qurilish muhandisligi” fakultetini dekani Berdiqulov Azzam Mardonovich boshqarib kelmoqda. Sultanov Mansur G‘aniyevich “Qurilish muhandisligi” fakultetining o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari. Saidov Jasurbek Zafar o‘g‘li “Qurilish muhandisligi” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari.
« Qurilish muhandisligi » fakulteti tarkibi
« Qurilish muhandisligi » fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1. “Qurilish muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri dotsent Aliyev Mashrab Raxmonqulovich.
2.“Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri i.f.n. dotsent Musayev Sharof Mamarajabovich .
3. “Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.n. dotsent Zafarov Olmos ХХХ.
4. “Yo‘l muhandisligi” kafedrasi, kafedra mudiri t.f.d. prof., Ganiyev Inomjon G‘ulomovich.
5."Arxitekturaviy loyihalash" kafedrasi, kafedra mudiri Kuldashev Ergash Nurmurzayevich
« Qurilish muhandisligi » fakulteti ta’lim yo’nalishlari
Fakultetda kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha 6 ta ta’lim yo’nalishlari:
1. 60730300 - Qurilish muhandisligi
2. 60730500 - Yoʻl muhandisligi
3. 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi
4. 60730900 Shahar qurilishi va loyihalash
5. 60721700 Kadastr
6. 60730100 Arxitektura ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Kechki ta'lim shakli bo'yicha 3 ta ta’lim yo’nalishlari:
1. 60730300 - Qurilish muhandisligi
2. 60730500 - Yoʻl muhandisligi
3. 60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
Magistratura kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha 7 ta ta’lim mutaxassisliklari:
1. 70730301 Qurilish muhandisligi
2. 70730401 Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
3.70730308 Qurilish materiallari texnologiyalari
4.70730101 Bino va inshootlar arxitekturasi
5.70730502 Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi
6.70730503 Avtomobil yo'llari va aerodromlar
7.70730602 Geotexnika va yer osti gidrotexnika inshootlari ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlanadi.
Bugungi kunda fakultetimiz jamoasi “Ta’lim to‘g‘risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida talabalarga bilim berib, ularni jahon andozalariga javob beradigan qilib tayyorlashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. Hozirgi kunda fakultetda kunduzgi 965 nafar, sirtqi 1521 nafar talabalar bakalavr ta’lim yo‘nalishida tahsil olib kelmoqda.