Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Kafedra

Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash kafedrasi mudiri

Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Shamshiyev Jafar Abdusalimovich

Qabul vaqti:haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +998 (97) 327-28-95

E-mail: jafarabdusalimovich@mail.com


  Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash kafedrasi
Jizzax politexnika instituti Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari qatoridan joy olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28-fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11-martdagi 125-sonli qaroriga asosan Toshkent arxitektura qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Jizzax politexnika instituti filialining umumtexnika fakulteti va Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax politexnika instituti filialning umumtexnika fakulteti negizida tashkil topgan. Jizzax politexnika instituti oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibiga kiritilgan. “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 1983 yilda Toshkent Politexnika institutining Jizzax filiali tarkibida, kimyo fanlari doktori, professor Qurbonov Farhod Qurbonovichning rahbarligida “Umumiy kimyo” kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. 1995-2005 yillar kafedraga kimyo fanlari nomzodi B Urdusheva, 2006-2010 yillarda kimyo fanlari nomzodi N.Tangyarikov, 2011 yilda dotsent I.Ro‘zmatov, 2012-2016 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.N.Pozilov rahbarlik qildilar. 2017 yil fevral oyidan boshlab k.f.n., dotsent I.Ro‘zmatov rahbarlik qilgan. 2017 yil noyabr oyida “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” tashkil etilgan. Dastlab unga t.f.n. O.Qo’ychiyev rahbarlik qilgan. 2019-yil 30 iyundan boshlab kafedraga texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori Bahodir Baratovich Xoldorov rahbarlik qilib kelmoqda. “Qishloq xo’jalik va oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirining 2017 yil 3-oktyabrdagi 728- sonli buyrug‘iga asosan Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 6-oktyabrdagi № 534 AF- sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, “Oliy ta’lim to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa me’yoriy hujjatlari va o‘z ustaviga amal qiladi. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi joylashgan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Islom Karimov shox ko‘chasi, 4-uy. Hozirgi kunda kafedrada 5410500 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi va 5321000 – Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) ta’lim yo’nalishlarida 296 nafar talabalar tahsil olmoqda. Talabalarga bilim va ko‘nikmalar berish uchun kafedrada 15 nafardan (9,0 asosiy shtatda) iborat professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Ularning 1 nafari fan doktori, professor va 2 nafari fan nomzodlari bo‘lib, ularning barchasi dotsentlardir. 2019 yil 18-aprel kuni Rossiya Fuduratsiyasining Kuban Davlat Agrar universitetidan tashrif buyurgan xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Elianora Ivanovna Naynodina bilan Jizzax politexnika instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektori G’.G’.Egamnazarov, “Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedra assistenti Z.Djamalovlar Toshkent shaxrida uchrashib, oliy o’quv yurtlari o’rtasida o’quv, ilmiy, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan tuzilishi rejalashtirilgan memorandum, sharnomalar va boshqa xujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, ushbu ishlarni amalga oshirish bo’yicha yo’l xaritalari to’g’risida muzokaralar olib borilgan. Hozirgi kunda Kuban Davlat Agrar universiteti hamda Jizzax politexnika institutining qishloq xo’jaligi maxsulatlarini qayta ishlash yo’nalishi bo’yicha o’quv, ilmiy ishlar bo’yicha shartnomalar tuzilgan bo’lib hamkorlik ishlari olib borilmoqda. Kafedra assestenti Djamolov Zohid Zafarovichni 2019 yil sentabr oyidan Kazan Davlat Agrar universitetiga doktaranturaga Respublika «El-yurt Umidi» jamgarmasi hisobidan o’qishga yuborildi.
  BAKALAVRIAT YO’NALISHI:
60811300 – “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”
60720100-“Oziq-ovqat texnologiyasi” (mahsulotlar turlari bo‘yicha)
60810100-“Qishlloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish”

  KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
B.B.Xoldorov “Kungaboqar savati va uzum siqmasidan pectin olish texnologiyasini takomillashtirish”. U.R.Islomov. “Jizzax viloyati sharoitida tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish” Norqulova Z.T. “Jizzax viloyati sharoitida isiriq va shuvoq etishtirish tehnologiyasi» mart 2019 yil Quritish qurilmasining samaradorligini oshirish. mart 2019 yil Ergashev B. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari. May 2019 yil Usmonova K. Jizzax viloyati sharoitida olmaning pakana payvandtaglarini etishtirish texnologiyalari. iyun 2019 yil Xaydarov S.