Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi mudiri
Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Shertayloqov G‘ayrat Muradovich
Qabul vaqti: Seshanba, Payshanba va Shanba kunlari 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +99891.630-67-04
Metrologiya va standartlashtirish kafedrasi tarixi
Jizzax politexnika institutida 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)” ta’lim yo’nalishi boʻyicha talabalarning dastlabki qabuli 2011- yildan boshlangan.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29-iyundagi “Jizzax politexnika institutini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 187-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida hamda Jizzax viloyati xalq xoʻjaligi tarmoqlarini ushbu yoʻnalish mutaxassisliklariga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olib, 2013 yildan 5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishiga qabul qilish 60 na-farga yetkazilib, 20 nafar davlat granti asosida va 40 nafar toʻlov-kontrakt asosida 5310900–“Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishiga talabalar oʻqishga qabul qilindi. Ushbu qabul koʻrsatkichi 2013-2018 – oʻquv yillari o’zgarmasdan kelib, 2018-2019 o’quv yilidan qabul kvotasi 40 nafar qilib belgilandi.2020-2021 o’quv yilidan qabul kvotasi 75 nafar qilin belgilandi.
5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 12-iyundagi 157 –sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida 2014-yil 27-iyulda “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi tashkil qilindi.Dastlab ushbu yoʻnalish talabalariga oʻtiladigan mutaxassislik fanlaridan laboratoriya mashgʻulotlarini sifatli olib borish maqsadida O’zbekiston Respublikasi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi” homiyligida 34 mln.soʻmlik zamonaviy asbob-uskunalar va jihozlar kafedraning tegishli o’quv laboratoriya xonasiga olib kelib o’rnatildi.
Hozirgi vaqtda oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari boʻyicha ta’lim sifatini yaxshilash hamda ta’lim bilan ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash borasida Oʻzbekiston milliy metrologiya institutining Jizzax filiali, hamda “Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash davlat markazi” bilan hamkorlik aloqalari oʻrnatilgan.
2014 yil sentabr oyidan “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga texnika fanlari nomzodi dotsent R.R. Islomov rahbarlik qilgan.
2016 yil yanvar oyidan “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi O.Qo’ychiyev rahbarlikni davom ettirgan.
2016 yil oktabr oyidan “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi U.Islomov rahbarlik qilgan.
2017 yil sentabr oyidan shu yilning dekabr oyigacha “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasiga texnika fanlari nomzodi dotsent R.R. Islomov kafedra mudiri vazifasini bajargan.
2017 yil dekabr oyidan 2019 yilga qadar kafedrani texnika fanlari nomzodi dotsent B.N.Qoʻziev boshqarib kelgan.
2020 yil dan boshlab kafedrani pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), Shertayloqov G‘ayrat Muradovich boshqarib kelmoqda.
Bugungi kunda quyidagi professor-oʻqituvchilar – texnika fanlari doktori, professor P.Matyakubova, texnika fanlari nomzodlari dots. B.N. Qoʻziyev, dots. A. Turgʻunboyev, dots.Sh.Masharipov,dots.Gʻ. Boboyev, katta oʻqituvchilar Gʻ. M. Shertoyloqov, F. M. Isroilov, N. Badalov, B. Muxammadiyev, Oʻ. Jamolov, F.A. Raxmonov, va assistentlar A. Abdurahmonov, F. Shukurov, O. Mustafayev, K.Ergasheva, A. Bozorov, B.Altmishov hamda kabinet mudiri H.Qurbonovalar kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.
2020-2021 yillarda kafedra tomonidan 4 ta o’quv qo’llanma, 31 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 6 ta patent, 30 dan ortiq konferentsiyalarning ilmiy maqolalari, 50 dan ortiq ilmiy maqolalar ilmiy va xorijiy ilmiy jurnallarda nashr etildi.
BAKALAVRIAT yo‘nalishi:
5310900 – “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar boʻyicha)”
MAGISTRATURA mutaxassisligi:
5A310902-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifatini boshqarish”
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY IShLAR
Bugungi kunda kafedrada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hozirda kafedrada 1 nafar o‘qituvchi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilish arafasida va 4 nafar o‘qituvchi mustaqil izlanuvchi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra katta o‘qituvchisi G‘. SHertoyloqov ushbu o‘quv yilida o‘z ilmiy tadqiqot ishini yakunlab, himoyaga chiqish bo‘yicha tashkiliy ishlarni olib bormoqda. Kafedra katta o‘qituvchisi F. Isroilov prof. B. Egamberdiev rahbarligida “Kremniy-nikel kirishma atomlari nanoklasterini shakllantirishning fizik va texnologik asosi” mavzusida, assistent A. Abdurahmonov prof. B. Egamberdiev rahbarligida “Kremniyda nikel- marganets silitsidlarini hosil bo‘lish jarayoni” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
XORIJIY HAMKORLIK
Ivanovo davlat ximiya texnologiya universiteti(IDXTU), (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Rossiya federatsiyasining fan va ta’lim vazirligi o‘rtasidagi 12.08.2005 yilda tuzilgan kasbiy ta’lim sohasidagi o‘zaro kelishuv bitimi asosida 18.05. 2018 yilda tuzilgan hamkorlik shartnomasi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish uchun hamkorlikni amalga oshiradi. Xozirda kafedra bilan muzokaralar olib borilmoqda.Rossiya federatsiyasining oliy ta’lim federal davlat standartlari, O‘zbeksiton respublikasining ta’lim standartlari hamda, ish beruvchilar va mehnat bozorining, fan rivojining eng so‘nggi tendensiyalari asosida ishlab chiqildi. 2019-2020 o‘quv yilida Jizzax politexnika institutida qo‘shma ta’lim dasturlariasosida 4 ta(5320400-Kimyoviy texnologiya(ishlab chiqarish turlari bo‘yicha), 5310900-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti(tarmoqlar bo‘yicha), 5310800-Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha), 5350700-Radioelektron qurilmalar va tizimlar (tarmoqlar bo‘yicha)), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391-son qarori 11 b bandiga asosan 2 ta(5340100-Arxitektura(turlari bo‘yicha), 5340200-Bino va inshootlar qurilishi(turlari bo‘yicha)) jami 6 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qabul amalga oshirildi.O‘zbekistonRespublikasi qabul bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 11 –son bayoni (2019 yil 5 oktyabr, 8 -band)da Jizzax politexnika institutiga qo‘shma ta’lim dasturlari asosida bakalavrlar va magistrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul kvotasi “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” yo‘nalishiga 20 nafar qilib belgilangan. Tuzilgan shartnoma bo‘yicha ta’lim dasturida tomonlarning huquq va majburiyatlari quyidagicha qilib belgilangan:
KAFEDRANING MODDIY TEXNIK BAZASI
2020-2021 o‘quv yilida Kafedrada dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun texnik asbob-uskunalardan 1 dona proektor, 1 dona kompyuter, 1 dona printer, 1 dona skaner va 1 dona televizorlar bilan ta’minlangan. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishga mo‘ljallangan 2 ta o‘quv laboratoriya xonalari mavjud. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab aksariyat laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlar kafedra filiallarida, ya’ni ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazildi. 2020-2021 o‘quv yilida reja asosida belgilangan tartibda O‘zbekiston milliy metrologiya instituti davlat korxonasi, O‘zTEST Unitar korxonasi, Jizzax viloyati davlat Sanitariya epidamalogiya markazi, Standart-luks-servis MCHJ, Agrosanoat majmuidagi xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK, Jizzax viloyati ETUT, Jizzax viloyati ekalogiya va atrof muxitni muxofaza qilish boshqarmalari bilan xamkorlikda talabalar amaliyoti olib borilmoqda.
MAGISTRATURA mutaxassisligi: