Qurilish muxandisligi kafedrasi mudiri
ProfessorAliyev Mashrab Rahmonqulovich
Reception time: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
Telefon: +998974383005
Information about the department:
“Qurilish muhandisligi” kafedrasining tashkil etilishi tarixi Jizzax politexnika instituti tarixining boshlanishi bilan bevosita bog‘liq. 1977-yil “Qurilish fanlari” kafedrasi tashkil etilib, kafedraga dots. A.Salimov rahbarlik qilgan. Kafedraga tajribali pedagoglar A.Abduraximov va Q.Bo‘riyevlar bilan bir qatorda iqtidorli yoshlar T.Muqumov, R.Nimatov, I.Meliyev, B.Sobirov, B.Kattakishiyevlar taklif etildilar. Keyinchalik kafedra bir necha kafedralar ajralib ketdi va turli yillarda har xil nom bilan atalib kelindi. 1983 yili “Qurilish fanlari” kafedrasi negizida “Sanoat va fuqaro binolari me’morchiligi” kafedrasi tashkil etildi va kafedrani t.f.n. E.Abdullayev boshqargan. Kafedra bu davrlarda “Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda “Qishloq xo‘jalik qurilishi” mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlagan. 1984-1998 yillarda kafedraga dots. A.G‘aniyev rahbarlik qilgan. Ushbu yillarda kafedra “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Sanoat va fuqaro binolari me’morchiligi” nomlari bilan faoliyat ko‘rsatdi. Kafedra 1997 yildan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” nomi bilan yuritila boshlandi va bugungi kungacha ham ushbu nom bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. 1998 -2002 yillarda t.f.n. O.Burxonov, 2002-2004 yillarda dots. A.G‘aniyev, 2005-2006 yilda t.f.n. R.Hamraqulov, 2007-2008 yillarda dots. I.G‘anyiev va B.Rahmonovlar rahbarlik qilganlar. 2008-2024 yillarda kafedrani t.f.n., prof. N.Asatov boshqargan. 2024-yil avgust oyidan boshlab kafedra Qurilish muhandisligi nomi bilan yuritila boshladi va kafedraga mudir etib dotsent M.Aliyev tayinlandi.
Scientific results achieved:
Bugungi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 7 nafari fan nomzodlari, dotsentlar, 2 nafari katta o‘qituvchi va 11 nafari assistentlardir. Iqtidorli talabalar kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan fan to‘garaklariga ham jalb qilingan. Iqtidorli talabalarning ishlari tanlovlarga, nomli stipendiyalarga tavsiya qilingan va yutuqlarga erishilgan. Oxirgi 3 yil davomida 2 ta “Beruniy” stipendiyasi sohibi va “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti laureati, “Yurt kelajagi” tanlovi viloyat g‘oliblari, fan olimpiadasi va boshqa tanlovlarning sovrindorlari yetishib chiqqan. Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan so‘nggi yillarda 8 ta darslik va 11 ta o‘quv qo‘llanma yaratildi. Bugungi kunda kafedra professor-o‘qituvchilaridan 4 nafari tayanch doktaranturada katta ilmiy xodim bo‘lib faoliyat olib borishmoqda, 2 nafari mustaqil ilmiy izlanuvchi bo‘lib, o‘z doktorlik ilmiy tadqiqot ishlarini yakunlab, himoyaga tayyorlanmoqda. Prof. N.Asatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yildagi farmoniga binoan “O’zbekiston konstitutsiyasiga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.