Jizzakh Polytechnic Institute New Website is currently in testing mode

Kafedra

Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi mudiri

Sultonov Akmal Obidovich

Qabul vaqti:haftaning Dushanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +998915951955

E-mail: sultonovakmal19@mail.ru


   MUXANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI kafedrasi tarixi
“Suv ta’minoti va kanalizatsiya” “Issiqlik, gaz ta’minoti va shamollatish” mutaxassisliklari 1980 yilda dastlab qabul qilinib, “Qurilish konstruksiyasi” kafedrasi (mudirlar dots. E. Abdullaev, dots. A. G‘aniev) tarkibida o‘qitish tashkil etildi. Bu davrda shu mutaxassisliklar bo‘yicha T.Muqimov, U. Xolboev, N. Toshmatov, K. Takaboevlar mutaxassis o‘qituvchilar sifatida faoliyat ko‘rsatadilar. 1985 yilda birinchi marta bu mutaxassisliklar bo‘yicha talabalar bitirib chiqishdi. 1983-1985 yillarda kafedra ikkiga bo‘linib “Sanoat va fuqaro qurilishi arxitektoriyasi” mudir (dots. A.G‘aniev) xamda “Qurilish fanlari” kafedralariga (kafedra mudiri A. Ikromov) o‘zgartirildi. 1985-1988 yillarda shu mutaxassisliklar bo‘yicha “Qurilish mashinalari” va “Umum muxandislik fanlari” (mudir dots. M.Soatov) kafedralari qoshida o‘qitildi. 1988-1991 yillarda “Qurilish buyumlari kafedrasi” (mudir dots. A. Salimov) qoshida “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” mutaxassisligi tayyorlandi. 1992 yildan boshlab “Suv ta’minoti va kanalizatsiya” (mudir katta o‘qituvchi K.Takaboev) xamda “Issiqlik texnikasi va gidravlika” (mudir dots. U. Xolboev) kafedralari tashkil etildi. 1995 yilda kafedralar birlashtirilib, “Suv ta’minoti va issiqlik texnikasi” nomi bilan ataldi (mudir professor R. Eshonqulov) 1996 yildan boshlab kafedra nomi “Suv, gaz issiqlik ta’minoti va atrof muhitni muhofaza qilish” deb o‘zgartirildi. 2000 yildan boshlab kafedra nomi “Mehnat va atrof muhitni muhofazasi” deb nomlandi va mudir etib dots. U.Xolboev tayinlandi. 2001 o‘quv yildan boshlab “Mehnat va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi qoshida “Muhandislik komunikatsiya qurilishi” va “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” mutaxassisliklariga talabalar qabul qilinish boshlandi. 2012 yildan boshlab kafedra nomi “Muhandislik kommunikatsiyalari” deb o‘zgartirildi.
  BAKALAVRIAT YO‘NALISHI:
60730400 - “Muhаndislik kоmmunikаtsiyalаrini qurilishi vа mоntаji” (turlari bo’yicha) 60730500 - "Suv ta’minoti kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspulutatsiyasi"
  MAGSTRATURA YO‘NALISHI:
70730401-Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurulish va montaji
  Kafedra hamkorlari:
So’nggi yillarda Muhandislik komunikatsiyalari kafedrasi ta’lim jarayonlarini amaliyot bilan mustahkamlash, talabalarga xalqaro standartlarga mos ta’lim berish, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samarali olib borish maqsadida bir qataor mahalliy hamda xalqaro tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik olib bormoqda:
Jizzax viloyati “Suv Ta’minoti AJ”
Jizzax viloyati “Issiqlik ta’minoti DUK”
Jizzax viloyati “HududgazJizzax” GTF
Shvetsarya Upsala universiteti
AQSh “Mobile systems” tashkiloti
Shvetsiya “Oril dengizi Jamiyati”
Piterburg davlat aloqalar universiteti
Tyuman industrila instituti
Gorodonikov nomidagi qalmiq davlat universiteti

   KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR:
1. Sultonov A.O. – Suvdan foydalanishda axborot samaradorligini oshirish yo‘llari.
2. Musaev Sh. – Kompozit novli sug’orish tarmoqlarida suv oqim dinamikasini gidravlik hisoblash usullarini takomillashtirish
3. Pirnazarov I.I – Issiqxonalarda optimal mikro iqlim sharoitini yaratish
4. Aripov N.Yu – Gidravlik tizimni turli soxalarga qo’llasj ortqali iqtisodiy samradorlikka erishish
5.Qutlimurodov U.M – Suv tozalash inshoatlariga zamonaviy inovatsion texnologiyalarini tadbiq qilish
6. Saydullaev S.R – Namunaviy uy joylarni energiya tejamkorligini tahlil qilish
7. Alibekova N.N – Akumlyator zavodidan chiqayotgan oqava suvlarni tadqiq kilish
8.Sattarov A. –Parrandachilk binolarida energiya tejamkor havoni mo’tadillash tizimini tadbiq qilish.
9.Xolbo’tayev B.- Nasos stansiyasi avankamerasida suv uyurmalarini bartaraf etish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash.
Kafedrada o‘tiladigan fanlar bo‘yicha ilg‘or pedogogik va axborot texnologiyalardan samarali foydalanilmoqda. O‘quv yili davomida talabalarga har taraflama chuqur bilim berish maqsadida yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan unumli foydalanishga asosiy e’tibor qaratildi. Hamma fanlardan ko‘rgazmali qurollar, elektron slaydlar tayyorlangan va institut ARM bazasi va HEMIS tizimiga kiritilgan.

   Erishilgan ilmiy natijalar:
Kafedra faoliyati davomida tahsil olgan 1200 ga yaqin sobiq talabalar nafaqat tuman,shaxar va viloyatimiz balki respublikamizda va ayrim xorijiy davlatlarning xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida samarali mehnat qilishmoqdalar. Talabalar kontengentining kamida 30% mikdoridagi iqtidorli talabalar kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan “Toza suv”, “Muqobil energiya” va “Issiqlik ta’minoti” fan to‘garaklariga ham jalb qilingan. Iqtidorli talabalarning ishlari tanlovlarga, nomli stipendiyalarga tavsiya qilingan va yutuqlarga erishilgan. Oxirgi 3 yil davomida 2 nafar talaba, Tolliboyev I, va Qamarov A. lar “Mirzo Ulug’bek vorislari” tanlovining respublika bosqichida sovrindorlar qatoridan joy olgan bo’lsa, kafedra talabasi Tolliboyev I. Beruniy nomidagi davlat stipendiasini qo’lga kiritdi. Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalari “INNOWEEK” , “TechnoWays” va “Ilm qaldirg’ochlari” kabi qator respublika va xalqaro tanlovlarda faxrli o’rinlarni egallab kelishmoqda.